Contacts

QADRIYATLAR — QADR TOPGAN YURT

image_pdfimage_print

Mehr-oqibat insoniy fazilat. Mehr bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biri bo‘lib, rahm-shavqat, muravvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug‘lanib kelingan. So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

Hayr va sahovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajru savobga sazovor etishi haqida allomalarimi ta’kidlab o‘tgan.

Imkoniyati cheklangan insonlar ko‘nglini ko‘tarish, hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida qilinayotgan bu kabi ishlarda ham faol qatnashayotgani barchani yurtga va talabalarga nisbatan hurmatini yana bir karra ortishiga zamin yaratadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi mudiri, professor Bilalov Erkin Nozimovich hamda kafedra hodimlari tomonidan, 23-dekabr 2024-yilda Toshkent shahar Olmazor tumani “Muruvvat uyi” 150 qariyalar va nogironlarni profilaktik ko‘ruvdan o‘tkazildi

Yoshi ulug‘ faxriylar  kompleks oftalmologik tekshiruvlardan o‘tkazilib, 50 nafariga jarrohlik amaliyoti tavsiya etildi. 20 nafar bemorlarga konservativ davolanish choralari belgilandi. Ko’z kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar tarqatildi.

Leave Comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.