Фан дастури – 3.15. Офтальмология
Oftalmalogiyaning maqsadi va vazifalari.
Maqsad talabalarni ko‘z kasalliklari profilaktikasiga urg‘u bergan xolda, organizm umumiy kasalliklari bilan bog‘liqligi, yashash va mexnat sharoyiti, kasbi bilan bog‘liqligi, ko‘z kasalliklarini o‘qitish uslublarini o‘rgatishdan iborat.
Vazifasi:
- Ko‘rish a’zosi tug‘ma patologiyasini diagnostikasi va umumsomatik patologiyalar natjasida yuzaga kelgan ko‘zdagi asoratlarini aniqlash uchun ko‘rish funksiyasini va ko‘rish organlarini tekshirish usullarini o‘rgatish;
- Shoshilinch (o‘tkir) ko‘z kasalliklarida birinchi yordam ko‘rsatish va shoshilinch ko‘z kasalliklari statsionariga gospitalizatsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlashni o‘rgatish;
- Asoratsiz qovoq kasalliklari va kon’yuktiva yallig‘lanish kasalliklarini davolash usullarini o‘rgatish;
- Ko‘z kasalliklari statsionariga gospitalizatsiya va zamonaviy oftalmolog konsultatsiyasiga ko‘rsatmalarni aniqlashni o‘rgatish;
- Ko‘z kasalliklarini antipostnatal profilaktika usullari va umumsomatik kasalliklarni ko‘zdagi asoratlarini ikkilamchi profilaktikasini o‘rgatish;
- Umumsosatik patologiya va ularni reabilitatsiya prinsiplari, davolash asoratlarini dispanserizatsiya kilishni urgatish;
- Bilimlarni baxolash va ukuv metodik materiallarini tayerlash kunikmalarini shakllantirish.
- O‘quv faniga, bilim, malaka va kunikmalariga talablar. O‘qilayetgan fanni tamomlagandan keyin kursatilgan maqsad va vazifalarni mosligi.
Bilish kerak:
- Ko‘rish akti, ko‘rish analizatorlarining anatomiyasi va fiziologiyasi;
- Kurish faoliyati, uning yoshga xos rivojlanishi, bolalar ko‘rsatkichlarini kattalardan farqi;
- Optik sistema faoliyati va rivojlanish nuksonlari, asoratlari, profilaktikasi, yo‘naltirish sistemasi, ularning funksiyalari;
- Tug‘ma va orttirilgan ximoya, yondosh va nur sindiruvchi ko‘z qismlarining kasalliklari klinikasi, oftalmolog maslaxatiga va bemorni gospitalizatsiyaga ko‘rsatmalar berish;
- Ko‘z shikaslanishini keltirib chiqaradigan tashqi muhit va mehnat sharoitini ta’siri;
- Glaukomani keltirib chiqaradigan va kechishiga sabab bo‘ladigan mehnat sharoiti va tashqi muhit omillari;
- Konyuktivitlarni etiologiyasi, klinikasi, profilaktikasi va tarqalishi;
- Ko‘z ichi bosimining oshishi, klinikasi, shoshilinch gospitalizatsiyaga ko‘rsatmalar va ko‘z kasalliklari bo‘limida konsultatsiya o‘tkazish;
- Ko‘z olmasi va uning ximoya apparati, yondosh kismlari jaroxatining klinikasi, shoshilinch gospitalizatsiyaga ko‘rsatma va oftalmolog konsultatsiyasi;
- Umumsomatik kasalliklarni ko‘zga asoratlarini bilish, ko‘z kasalliklari statsionariga gospitalizatsiyaga ko‘rsatma, oftalmolog kosultatsiyasi;
- Bolalar va kattalarda ko‘rlik va ko‘rishni pasayishini asosiy sabablarini bilish;
- Ko‘z kasalliklari reabilitatsiya usullarini bilish;
- Kuz kasalliklari dispanserizatsiyasi, reabilitatsiya prinsiplari va birlamchi, ikkilamchi profilaktikasini bilish;
- Pedagogik texnologiya asoslarini bilish.
Bajara olishi kerak:
- Ko‘ruv nervi va o‘rta, ichki ko‘z qavatining tug‘ma va orttirilgan patologiyasini diagnostika kilish;
- Ko‘ruv nervi, ko‘z va uning yondosh bo‘limlarining o‘smalarini ajratish;
- Ko‘z ichki bosimini patologiyasi (glaukoma tug‘ma, birlamchi, ikkilamchi va ko‘z gipotoniyasi) ni aniklash;
- Ko‘z olmasi, uning ximoya apparatining (konfuziya, jaroxat, kuyish, sovuq urishi, komplekslashgan jaroxatlar va ularni asoratlari) jaroxatlarini aniqlash.
- Umumsomatik kasalliklarni ko‘zga asoratini aniklash;
- Ko‘rish a’zolprining jaroxati va shoshilinch (o‘tkir) patologiyada birinchi yordamni ko‘rsatish;
- O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni amaliyotda ko‘llash.
Kuyidagi kunikmalarni mustaxkamlashi kerak:
- Ko‘rish o‘tkirligini aniklash;
- Yorug‘lik sezishni tekshirish;
- Rang ajratishni tekshirish;
- Periferik ko‘ruv maydonini tekshirish usuli;
- Binokulyar ko‘rishni tekshirish usuli;
- Yon tomonlama yoritishda ko‘zni tashqi ko‘rigi.
