Contacts

ЯНГИЛИКЛАР

image_pdfimage_print

11.03.2024 y.

Mehr-oqibat insoniy fazilat. Mehr bu insonning eng yuksak tuyg‘ularidan biri bo‘lib, rahm-shavqat, muravvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug‘lanib kelingan. Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi mudiri, professor Bilalov Erkin Nozimovich hamda kafedra hodimlar tomonidan, Toshkent shahar Olmazor tumani “Muruvvat uyi” 150 qariyalar va nogironlarni profilaktik ko‘ruvdan o‘tkazildi

Yoshi ulug‘ faxriylar  kompleks oftalmologik tekshiruvlardan o‘tkazilib, 50 nafariga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilgi. 20 nafar bemorlarga konservativ davolanish choralari belgilandi.

Ko’z kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar tarqatildi.

 

 

17.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3682-sonli Qaroriga muvofiq har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalarini va xalqaro innovatsion-investitsion forumlarni o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda bir qator mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “InnoWeek ” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazildi va oftalmologiya kafedra xodimlari faol ishtrok etti.