Toshkent tibbiyot akademiyasi
Oftalmologiya kafedrasi tarixi

Toshkentda O‘rta Osiyo davlat universitetining 1920 yilda ochilishi bilan uning tibbiyot fakulteti tarkibida Toshkentdagi harbiy gospital binosida ko‘z kasalliklari kafedrasi tashkil etilgan.
O‘rta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakulteti “Ko‘z kasalliklari kafedrasi” ning asoschisi va birinchi rahbari professor Aleksandr Georgiyevich Trubin (1876— 1945) bo‘lgan. U 1920—1924 yillarda kafedra rahbari sifatida davolash, o‘qitish ishlarini tashkil etgan. 1923 yilda ko‘z shifokorlari ilmiy to‘garagini ochgan.

1924 yildan 1932 yilgacha kafedrani professor Aleksandr Nikolayevich Murzin (1885—1954) boshqargan. 1931 yilda ko‘z kasalliklari kafedrasi Toshkentdagi harbiy gospital binosidan, hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasinig 3 klinikasi ko‘z kasalliklari bo‘limiga ko‘chgan. A. N. Murzin pedagogik ishlarni yaxshilash bilan birga traxoma, kon’yunktivit, glaukoma kasalliklarini davolash va oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida oftalmologiya xizmatini tashkil etgan. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish niyatida 1926 yilda O‘zbekiston oftalmologlar ilmiy jamiyatini tashkil etgan.

1932 yilda Rostov na Donu shahridan professor Petr Fedorovich Arxangelskiy (1893—1959) kelib Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudirligi lavozimiga tasdiqlangan va 1953 yilgacha ishlagan.

Uning 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud bo‘lib, shulardan ko‘pchiligi ko‘zning terlama (toshmali tif) dan kasallanishi, brutsellyozning ko‘zga ta’siri, glaukoma va boshqa ko‘z kasalliklariga bag‘ishlangan. P. F. Arxangelskiy 1936 yilda ko‘zni protezlash punktini, 1940 yilda traxoma dispanserini tashkil kilgan. U ikki fan doktori va ikki fan nomzodi tayyorlagan. Uning O‘zbekistondagi shogirdlari orasida fan nomzodlaridan T. Ye. Qosimov va M. H. Hamidovalar bor.

1953 yildan to 1957 yilgacha ToshMI ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimida professor Popova Sofiya Alekseyevna (1889—1961) ishlagan. U ko‘zning leyshmaniozi ustida ko‘p yillar ishlab, doktorlik dissertatsiyasini yozgan va bezgakning ko‘zga ta’sirini tekshirib, o‘lka patologiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. Uning ilmiy ishlari 25 dan ortiq bo‘lib, 3 ta fan nomzodi tayyorlagan.

1957—1969 yillarda kafedrani ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt Qosimov Turg‘un Yoqub o‘g‘li (1912—1972) boshqargan.

U kafedrada davolash va o‘qituvchilik ishlari bilan bir qatorda ko‘z kasalliklari jarrohligini rivojlantirishga katta hissa ko‘shgan. Uning 40 ga yaqin ilmiy ishlari traxoma, glaukoma, ko‘z shikastlanishlariga oid edi. T. Qosimov uchta fan nomzodi tayyorlagan.
1969 yildan kafedra mudirligiga o‘zbek ayollaridan birinchi aspirant, birinchi fan nomzodi va O‘rta Osiyo bo‘yicha birinchi fan doktori, tajribali shifokor va oftalmoxirurg, professor Muhtaram Hamidova saylangan.

1976 yildan boshlab Toshkent Tibbiyot Institutida ikkita ko‘z kasalliklari kafedralari tashkil etilgan, I davolash fakulteti kafedrasida 17 yildan ortik kafedra mudiri bo‘lib professor Tatyana Georgiyevna Ilina (1920-2000) faoliyat yuritgan. Uning 120 dan ortiq turli kasalliklarda ko‘z mikrotsirkulyatsiya patologiyasi, glaukoma kasalligining patogenezi va davolashiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek T.G. Ilina tomonidan 16 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan.

T.G. Ilina butun Respublika xududida traxoma kasalligining likvidatsiyasida va glaukoma kasalligining oldini olishda katta hissa qo‘shgan. Shu maqsadda uning boshchiligida respublikamizning ko‘plab viloyatlarida glaukoma kabinetlari tashkil etilgan.
1990 yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti Birinchi ToshDavTI va Ikkinchi ToshDavTIga bo‘lingandan so‘ng Birinchi ToshDavTIda 1991-2005 yillarda kafedra mudiri bo‘lib, tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt Xudoyberdiyev Alisher Raximovich ishlab kelgan..

1991-2002 yillar davomida Respublika Sog‘likni Saqlash Vazirligining bosh oftalmologi bo‘lib ishlagan. 90ga yaqin ilmiy maqola, 1 ta monografiya, 8 ta avtorlik guvohnomasi muallifidir. Uning rahbarligida 8ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Ikkinchi ToshDavTIda Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri bo‘lib, 1990-1997 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt Avazov Teshavoy Nazarovich ishlagan. 1997 yildan Ikkinchi ToshDavTIda Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri bo‘lib tibbiyot fanlari doktori, professor Fazilat Orifovna Baxritdinova tayinlangan. 2005 yilda Birinchi va Ikkinchi ToshDavTIlari qo‘shilib Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil qilinishi munosabati bilan Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov asosida tibbiyot fanlari doktori, professor Baxritdinova Fazilat Arifovna saylandilar.

2005 yilda Birinchi va Ikkinchi ToshDavTIlari qo‘shilib Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil qilinishi munosabati bilan Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov asosida tibbiyot fanlari doktori, professor Baxritdinova Fazilat Arifovna saylandilar.

Бaxritdinova F.A. – MDX davlatlari oftalmologlar assotsiatsiyasi, turkiyzabon mamlakatlar oftalmologlari jamiyatining amaldagi a’zosi, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti xuzuridagi ilmiy daraja beruvchi Dsc.28.12.2017.Tib.59.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi va shu Ilmiy Kengash xuzuridagi 14.00.08 -oftalmologiya bo‘yicha Ilmiy Seminarning a’zosi, markaziy uslubiy komissiyaning xirurgik seksiyasi raisi, O‘zR SSV qoshidagi oftalmologiya bo‘yicha monotematik komissiyaning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Farmakologiya Qo‘mitasi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi bioetika bo‘yicha milliy ko‘mita prezidiumi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
F.A Baxritdinova tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar chop etilgan, shu jumladan bir qancha ixtirolarning mualliflik guvohnomalariga ega. Uning rahbarligi ostida 26 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 6 ta tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan.

2014 yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari doktori, professor Bilalov Erkin Nozimovich faoliyat yuritib kelmokda.

Bilalov E.N. – Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengash a’zosi. Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti xuzuridagi ilmiy daraja beruvchi Dsc.28.12.2017.Tib.59.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi va shu Ilmiy Kengash xuzuridagi 14.00.08 -oftalmologiya bo‘yicha Ilmiy Seminarning a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi oftalmologiya buyicha monotematik rayosatning oftalmologiya bo‘yicha Kengash a’zosi va ilmiy kotibi, turkiyzabon mamlakatlar oftalmologlari jamiyatining amaldagi a’zosi. Uning rahbarligi ostida 1 ta fan nomzodi va 25 ta oliy malakali magistr tayyorlangan. Bilalov E.N. tomonidan ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shu jumladan o‘quv-uslubiy ishlar, metodik qo‘llanmalar, ixtirolarga patentlar va ratsionalizatorlik takliflariga guvohnomalar olingan.

2016 yilda “Ko‘z kasalliklari” kafedrasi “Oftalmologiya” kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. Bugungi kunga kelib kafedra bazasida 14 doktorlik va 50 dan ortiq nomzodlik dissertatsiya ishlari yoqlandi. Shu sabadan ham kafedra oftalmologiya sohasida mamlakat bo‘yicha yetakchi ilmiy tashkilotlardan biri hisoblanadi

Hozirgi vaqtda Oftalmologiya kafedrasida:
«Sovershenstvovaniye metodov diagnostiki i lecheniya nekotorix vidov glaznix bolezney s razrabotkoy i vnedreniyem novix lekarstvennix form v oftalmologicheskuyu praktiku» mavzusida ilmiy ish olib borilmokda.(Gosudarstvenniy registratsionniy nomer 011500212).