Ophthalmology axborot-ta’limiy boti
@pupilla_bot — oftalmologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar va yosh shifokorlar uchun mo‘ljallangan ta’limiy va axborot beruvchi Telegram-bot hisoblanadi.
Bot orqali foydalanuvchilar oftalmologiya faniga oid ma’ruzalar, prezentatsiyalar (PPT), amaliy ko‘nikmalar, test sinovlari va audiomateriallardan qulay tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bot imkoniyatlari:
-
📚 Ma’ruzalar — oftalmologiya fanining asosiy va maxsus mavzulari bo‘yicha taqdimotlar
-
🏥 Amaliy ko‘nikmalar — klinik holatlar va amaliy mashg‘ulotlarga oid materiallar
-
🧪 Test sinovi — bilimlarni mustahkamlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish
-
🎧 Audiodarslar — mavzularni audio formatda o‘rganish imkoniyati
-
📖 Adabiyotlar — tavsiya etilgan o‘quv va ilmiy manbalar
-
🏫 Kafedra haqida va Fakultetlar bo‘limi
-
📰 Yangiliklar — so‘nggi e’lonlar va dolzarb ma’lumotlar
-
📝 Qaydnomalar, so‘rovnomalar va takliflar orqali foydalanuvchi bilan interaktiv aloqa
