Oftalmologiya

ko‘ruv a’zosining anatomiyasi, fiziologiyasi va kasalliklari, shuningdek ko‘rlikning strukturasini o‘rganuvchi fan. Oftalmologiyaning vazifasi ko‘rlar sonini maksimal darajada kamaytirishdir. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 42 mln ga yaqin ko‘rlar va ko‘zi zaiflar mavjud va yildan-yilga bu ko‘rsatkich 3-6% ga oshib bormoqda. Bu bir nechta omillar, jumladan, o‘rtacha hayot davomiyligining oshishi va natijada aholining umumiy qarishi, qandli diabetli bemorlar sonining oshishi oqibatida diabetik retinopatiyali bemorlarning ko‘payishi, glaukomali bemorlar sonining oshishi, ekologik muammolar – yorug‘lik intensivligi juda yuqoriligi kabilar bilan bog‘liq.

Amaliy oftalmologiya ijtimoiy-klinik fan bo‘lib, ko‘ruv a’zosi va uning yondosh a’zolarining morfo-fiziologik xususiyatlari va patologiyasini o‘rganish, ularni konservativ hamda xirurgik davolash usullari bilan shug‘ullanadi. Ko‘z olmasi va yordamchi apparati turli o‘tkir va surunkali kasalliklarda tez-tez zararlanadi. Kasalliklar uzoq vaqt mehnat qobiliyatining yo‘qotilishiga olib keladi. Ko‘ruv a’zosining patologik o‘zgarishlari ko‘pincha organizmning boshqa a’zo va sistemalarida uchraydigan kasalliklari bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ushbu fanni o‘rganish quyidagi fanlarni bilishni taqozo etadi: anatomiya; fiziologiya; patologik anatomiya va sitologiya; patofiziologiya; bioximiya; mikrobiologiya; ichki kasalliklar; umumiy xirurgiya; anesteziologiya va reanimatsiya asoslari; infeksion kasalliklar; ftiziatriya; endokrinologiya; allergologiya; otorinolaringologiya; dermatovenerologiya, gigiyena, menejment va marketing.

Oxirgi yillarda oftalmoxirurgiyada yuqori texnologiyalarning qo‘llanilishi oqibatida bu sohada yuksak yutuqlarga erishilmoqda. Eksimer lazer jarrohligi va vitreoretinal xirurgiyaning rivojlanishi ko‘ruv analizatorining muammo bo‘lib turgan ko‘pgina kasalliklarining davolanishiga sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, oftalmologiya fani tibbiyot ta’limidagi eng murakkab fanlardan biri bo‘lib, u bo‘lg‘usi magistrlarni ko‘ruv analizatorining terapevtik va xirurgik kasalliklari diagnostikasi, davolash prinsiplari, ularning ilmiy tahlili, profilaktika va dispanserizatsiyasi, hamda oftalmologiya xizmatining marketing va menejmenti bilan shug‘ullanuvchi yuksak darajadagi shifokor sifatida shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Fanning maqsad va vazifalari

Oftalmologiya fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni:

  • ko‘z kasalliklarini diagnostikasi, davolash, reabilitatsiya va profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek kasallik asoratlarini davolash va oldini olishda zamonaviy tibbiy texnologiyalar, oftalmologiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan foydalangan holda ish yurituvchi yuqori malakali mutaxassis tayyorlash.
  • turli kasalliklar va ularning asoratlariga chalingan bemorlarni tashhislash va davolash (shu bilan birga, kichik invaziv usullar), birlamchi bo‘g‘in sharoitida tez tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini to‘liq egallagan, yukori malakali oilaviy tibbiyot mutaxassisi sifatida mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsatishni;
  • O‘zR SSV tizimida umumiy yo‘nalishga mo‘ljallangan turli bo‘limlari, shu bilan birga, shahar o‘quv va o‘quv-vrachlik punktlari, qishloq vrachlik punktlarini ma’muriy boshqarish, Davlat ilm-fan va ta’lim qo‘mitalarida ishlashni;
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kafedralarida yoki umumiy amaliyot vrachi tayyorlash kurslarida pedagogik faoliyat ko‘rsatishni;
    mutaxassis shifokorlar bilan hamkorlikda kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalari bo‘yicha tematik
  • sikllar, uslubiy seminarlar va maslahatlarni tayyorlash va o‘tkazish, audit o‘tkazishni;
  • turli kasallliklarga chalingan yoki o‘tkazgan shaxslarni ijtimoiy holati va mehnat qobiliyatini tiklash va ular hayoti sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
  • kasalliklarni tashhislash, davolash va profilaktikasi bo‘yicha yangi texnologiyalarni qidirish va ishlab chiqish, olingan natijalar va tekshiruvlar natijalarini tahlil etish, jamlash va amaliyotda qo‘llashga erishishni;
  • asosiy kasalliklarni kelib chiqish xavf omillari va tarqalishi bo‘yicha epidemiologik tekshiruvlarni, shu bilan bir qatorda ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
  • turli kasalliklar patogenezini o‘rganish va patologik jarayonlarni modellashtirishni o‘zlashtirish bilan tanishtirishdan iborat.

          Fanning vazifasi talabalarni Sog‘liqni Saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida jinsi, yoshidan qat’iy nazar yoki alohida shaxslarga va oila a’zolariga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsata olish hamda doimiy profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishni o‘rgatishdir.

  • Fan bo‘yicha talaba-magistrantlar bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
  • Terapevtik oftalmologiya bo‘yicha talaba–magistrant:
  • O‘zRda oftalmologiya sohasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari;
  • O‘zR oftalmologiyasining so‘ngi yutuqlari;
  • oftalmologiyaning dolzarb muammolari; oftalmologik kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi, kasalliklarning xavf omillari,
  • rivojlanishining zamonaviy nazariyalari va tasniflari, oftalmologiyada zamonaviy tashhislash usullari va davolashning yangi texnologiyalari, asoratlarini davolash hamda reabilitatsiya chora-tadbirlari;
  • oftalmologiyaning predmeti va masalalari, asosiy prinsiplari, bo‘limlari, oftalmologga qo‘yiladigan talablar;
  • oftalmologiya tarixi, fan va amaliyotning zamonaviy holati, kelajak yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
  • oftalmologik bemorlarni anamnezi va shikoyatlarini yig‘a olish;
  • tibbiy hujjatlarni olib borish;
  • tashqi qon ketishlarni vaqtincha to‘xtatish;
  • qon klinik analizini tahlil qilish;
  • koagulogrammani baholash;
  • qon guruhi va rezus omilni aniqlash;
  • glyukozani qondagi miqdorini baholash;
  • Nechiporenko, Zimnitskiy usulida siydik analizini baholash;
  • qon analizidagi o‘t pigmenti miqdorini baholash;
  • revmatik va yallig‘lanish aktivligiga baho berish;
  • qonda azot qoldig‘i, mochevina, kreatinin miqdoriga baho berish;
  • transaminaza va qondagi boshqa fermentlar miqdoriga baho berish;
    qon elektrolitlari;
  • ko‘z yordamchi apparati va ko‘z olmasi klinik anatomiyasi, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi;
  • miopiya va refraksiya anomaliyasi;
  • ko‘ruv a’zosi kasalliklarining diagnostikasi, davolash, profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiyasi;
  • ko‘z klinik refraksiyasi va uning rivojlanishi;
  • ko‘z refraksiyasi turlari, emmetropiya va ammetropiya, astigmatizm, ularning klinik xarakteristikasi;
  • markaziy ko‘rishning tekshiruv usullari va buzilishlari;
  • periferik ko‘rish, tekshiruv usullari va buzilishlari;
  • yorug‘likni sezish, tekshiruv usullari va buzilishlari;
  • rang sezish, tekshiruv usullari va buzilishlari;
  • binokulyar ko‘rish, tekshiruv usullari va buzilishlari;
  • ko‘z olmasi g‘ilaylanish burchagini aniqlash;
  • tibbiy-genetik tekshiruvlar;
  • rentgenologik tekshiruvlarni baholash (Baltin-Komberg va Fogt metodi bo‘yicha);
  • refraksion xirurgiya usullari;
  • klinik refraksiyani aniqlash usullari;
  • progressiyalanuvchi miopiya diagnostikasi, klinikasi va differensial diagnostikasi;
  • progressiyalanuvchi miopiya asoratlari, korreksiya turlari;
  • progressiyalanuvchi miopiyaning xirurgik davolash turlari;
  • progressiyalanuvchi miopiya diagnostikasi;
  • qovoqlar rivojlanish anomaliyalari;
  • qovoqlarning yallig‘lanish kasalliklari: blefaritlar, meybomiit, govmichcha, xalazion, kontagioz mollyusk;
  • tug‘ma va orttirilgan dakriotsistit, ko‘z yosh qopchasi flegmonasi;
  • orbita absessi va flegmonasi, orbital venalar tromboflebiti,xavfli ekzoftalm;
  • kon’yunktivaning bakterial patologiyasi;
  • virusli kon’yunktivitlar;
  • zamburug‘li kon’yunktivitlar;
  • surunkali kon’yunktivitlar;
  • allergik kon’yunktivitlar va bahorgi katar;
  • kon’yunktivaning distrofik o‘zgarishlari (pingvekula, pterigium, kseroz);
  • quruq keratokon’yunktivit (Segren sindromi);
  • spetsifik kasalliklarda kon’yunktivitlar;
  • episklera va sklera kasalliklari;
  • shox parda patologik holati umumiy simptomatikasi va klinikasi;
  • keratitlar klassifikatsiyasi va ularning umumiy simptomatikasi;
  • ekzogen keratitlar etiopatogenezi, klinikasi va davolash;
  • gerpetik keratitlar;
  • tuberkulez-allergik keratitlar;
  • parenximatoz-sifilitik keratitlar;
  • neyroparalitik keratitlar;
  • shox parda retsidivlanuvchi yarasi, rozatsea keratit;
  • distrofik va degenerativ shikastlanishlar;
  • shox parda o‘lchami va shakli anomaliyalari;
  • shox parda kasalliklari oqibatlari, chandiqni davolash prinsiplari;
  • tug‘ma va orttirilgan kataraktalar patogenezi, diagnostikasi, klinikasi;
  • shishasimon tana tug‘ma retrorental fibroplaziyasi, davolash taktikasi;
  • shishasimon tana orttirilgan patologiyasida davolash taktikasi (destruksiya, xiralanishlar va h.k.);
  • oldingi uveitlar klinikasi, diagnostikasi va davolash;
  • orqa uveitlar klinikasi, diagnostikasi va davolash;
  • asoratlangan uveitlarda bemorlarni davolash taktikasi
    (ikkilamchi glaukoma, endoftalmit, panoftalmit, ko‘z gipotoniyasi, ko‘z olmasi subatrofiyasi va atrofiyasi);
  • turli etiologiyali uveitlarning klinik ahamiyati;
  • rangdor parda essensial-mezodermal distrofiyasi klinikasi va davolash;
  • psevdo-eksfoliativ sindromning klinikasi va davolash;
  • qon-tomir trakti tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasi;
  • ko‘rish a’zosi o‘tmas jarohatlari klassifikatsiyasi, klinikasi va shoshilinch yordam (ko‘z olmasi kontuziyasi);
  • sideroz va xalkoz bilan bemorlarni davolash;
  • ko‘rish a’zosi kuyishlari klassifikatsiyasi, klinikasi va davolash;
  • ko‘z kimyoviy kuyishlarida birinchi yordam ko‘rsatish;
  • ko‘zga elektromagnit spektrli nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar, rentgen va lazer nurlari ta’siri;
  • ko‘zni protezlash;
  • glaukoma klassifikatsiyasi;
  • birlamchi glaukoma etiopatogenezi, nasliy neyroendokrin faktorlarning roli;
  • birlamchi glaukomalarning boshqa kasalliklar bilan bog‘liqligi;
  • ochiq burchakli, yopiq burchakli glaukoma, glaukoma o‘tkir xurujining klinikasi va davolash usullari;
  • birlamchi glaukomalarning diagnostikasi,tekshiruv hajmi va davolash taktikasi;
  • glaukomaga shubha va preglaukoma haqida tushuncha;
  • glaukomani tekshirishning maxsus usullari, tonografiya, markaziy ko‘ruv maydonini aniqlash, kompression sinamalar;
  • birlamchi glaukomalarning erta diagnostikasi;
  • birlamchi glaukomalarning diagnostikasi;
  • birlamchi glaukomani konservativ davolash;
  • glaukoma o‘tkir xurujini davolash;
  • ikkilamchi glaukoma klassifikatsiyasi, patogenezi, davolash taktikasi;
  • oftalmogipertenziya haqida zamonaviy tushunchalar va davolash taktikasi;
  • tug‘ma glaukomani etiopatogenezi, diagnostikasi, klinikasi va davolash;
  • tuberkulyozda ko‘z zararlanishi;
  • toksoplazmozda ko‘z zararlanishi;
  • brutsellezda ko‘z zararlanishi;
  • gipertoniya kasalligida to‘r parda va ko‘ruv nervi o‘zgarishlari;
  • buyrak kasalliklari, homiladorlik toksikozlarida to‘r parda va ko‘ruv nervi o‘zgarishlari mohiyati, kechishi va prognozi;
  • qandli diabetda ko‘rish a’zosi zararlanishi;
  • diabetik retinopatiyaning klassifikatsiyasi, klinikasi va davolash usullari (lazer va to‘r parda fotokoagulyatsiyasi);
  • revmatizm va revmatoid artritda ko‘rish a’zosi zararlanishi;
  • qalqonsimon bez kasalliklarida oftalmologik simptomlar;
  • bosh miya o‘smalarida umumiy oftalmologik belgilar, dimlanishli disk, ko‘ruv nervi atrofiyasi, ko‘ruv maydoni o‘zgarishlari, ekzoftalm,
  • qorachiq reaksiyalari, ko‘z mushak apparati funksiyasining buzilishi;
  • yallig‘lanish va bosh miya qon-tomir kasalliklarida ko‘rish a’zosining zararlanishi;
  • qon kasalliklarida oftalmologik o‘zgarishlar;
  • Takayasu, Fogt-Kayanagi-Xarad, Foster-Kennedikasalliklarida ko‘rish a’zosi-ning zararlanishi;
  • Reklingauzen neyrofibromatozida oftalmologik simptomlar;
  • ko‘zdagi o‘zgarishlar bilan kechadigan sindromlar (Bexchet kasalligi, Still sindromi, Bexterev kasalligi);
  • ko‘z ichki bosimining (KIB) oshishi bilan kechadigan sindromlar (Kraup-Pozner-Shlossman, Fuks, Aksenfeld sindromlari, Veber kasalligi);
  • ko‘rish a’zosiga dorilarning nojo‘ya ta’sirlari;
  • ko‘rish a’zosi o‘smalarining zamonaviy klassifikatsiyasi muammolari, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichi;
  • Ils kasalligi klinikasi, darajasi va davolash;
  • markaziy seroz xorioretinit klinikasi, diagnostikasi va davolash;
  • proliferatsiyalanuvchi retinit etiopatogenezi, klinikasiva davolash;
  • to‘r parda angiomatozi, klinikasi va oqibati;
  • to‘r parda atrofiyasi;
  • to‘r parda ko‘chishi patogenezi, diagnostikasi va davolash;
  • to‘r parda markaziy arteriyasida qon aylanishining o‘tkir buzilishi patogenezi, klinikasi, shoshilinch yordam va davolash;
  • to‘r parda markaziy arteriyasida qon aylanishining o‘tkir buzilishi patogenezi, klinikasi, shoshilinch yordam va davolash;
  • ko‘ruv nervi nevriti klinikasi, diagnostikasi va davolash;
  • optiko-xiazmal araxnoidit klinikasi, diagnostikasi va davolash;
  • ishemik optikopatiya klassifikatsiyasi, etiopatogenezi, diagnostikasi, davolash va prognozi;
  • ko‘ruv nervi dimlanishi etiopatogenezi, bemorlarni davolash taktikasi;
  • qo‘rg‘oshin, margimush va fosfororganik birikmalar bilan zaharlanganda ko‘rish a’zosi zararlanishi;
  • organizm intoksikatsiyasida ko‘rish a’zosi zararlanishi;
  • birlamchi va ikkilamchi ko‘ruv nervi atrofiyasi etiopatogenezi, klinikasi, davolash va prognozi;
  • binokulyar ko‘rishning fiziologik asoslari;
  • binokulyar ko‘rishning tekshirish usullari;
  • diplopiyaning tekshirish usullari;
  • hamkor g‘ilaylik etiopatogenezi;
  • hamkor g‘ilaylik profilaktikasi, etiologiyasi, patogenezi va davolash usullari;
  • paralitik g‘ilaylik;
  • nistagm, etiologiyasi, diagnostikasi va davolash;
  • shishasimon tana destruksiyasi, gemoftalm, shishasimon tana kasalliklarining konservativ davolash usullari;
  • ko‘rish a’zosi turli patologiyalarida lazerning qo‘llanilishi;
  • ko‘rish a’zosi turli patologiyalarida ultratovushning qo‘llanilishi;
  • ko‘ruv a’zosi kasalliklari, shikastlanishlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va nogironlikni aniqlash;
  • ko‘ruv a’zosi kasalliklarida mehnat sharoitlari;
  • ko‘ruv a’zosi funksional buzilishlarida mehnat qobiliyati ekspertizasi;
  • ko‘rish a’zosi o‘smalarini nur va ximiyaterapiya bilan davolash;
  • harbiy-mehnat va harbiy-tibbiy ekspertizada ko‘ruv a’zosi funksiyalarini tekshirish xususiyatlari;
  • qon, uning komponentlarini quyish va asoratlari bilan kurashish;
  • gomeostaz korreksiyasi masalalari,gipervolemiya, gipovolemiya;
  • oftalmologiyada issiqlik muolajalarini qo‘llash (UVCH, UF, elektroforez);
  • oftalmologiyada magnitoterapiya (metodikasi, texnikasi, ko‘rsatmalar);
  • forez usuli bilan dori vositalarini yuborishnibilishi va ulardan foydalana olishi;
  • yon tomondan va aralash yoritish usullari;
  • qovoqlarni tashqariga qayirish;
  • o‘tuvchi nur bilan tekshirish;
  • biomikroskopiya;
  • oftalmometriya;
  • fotostresstest;
  • Amsler to‘ri yordamida makulyar soxa patologiyasini aniqlash;
  • oftalmoskopiya: to‘g‘ri va teskari;
  • skiaskopiya;
  • tonometriya (Maklakov bo‘yicha applanatsion tonometriya);
  • palpator tonometriya;
  • kontaktsiz tonometriya;
  • elastotonometriya;
  • gonioskopiya;
  • yuklamali sinamalar;
  • oftalmodinamometriya;
  • adaptometriya;
  • refraktometriya;
  • paximetriya;
  • paximetriya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • rangli ko‘rishni tekshirish;
  • oftalmoxromoskopiya;
  • diafanoskopiya;
  • kampimetriya;
  • statik va kinetik kompyuter perimetriya;
  • adaptometriya;
  • ultratovush skanerlash (A-scan, B-scan);
  • ultrabiomikroskopiya texnikasi;
  • ultrabiomikroskopiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • optiko-kogerent tomografiya (oldingi va orqa) texnikasi;
  • optiko-kogerent tomografiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • exooftalmometriya;
  • ekzoftalmometriya;
  • tonografiya;
  • viziometriya;
  • perimetriya;
  • binokulyar ko‘rish;
  • kipriklar epilyatsiyasi;
  • turli usullar yordamida g‘ilaylik burchagini aniqlash (Girshberg bo‘yicha, perimetr va sinoptoforda);
  • asosiy ko‘zni aniqlash;
  • to‘rtnuqtali rangtest apparati yordamida va mo‘ljal uslubida ko‘rish xarakterini aniqlash;
  • qorachiqning yorug‘likka reaksiyasini tekshirish;
  • ko‘z olmasi haraktiga qarab mushaklar faoliyatini o‘rganish;
  • KT, MRT tekshiruv natijalarini interpretatsiyalash;
  • oftalmologik jihozlar va asbob-uskunalarni qo‘llay olish;
  • miopiyaning refraktogenezi, etiologiyasi va patogenezi,miopiyaning klinik kechishi va progressiyalanuvchi turlari,ularni davolash
  • usullari;
  • keratotopografiya;
  • keratotopografiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • akkomodatsiya mexanizmi, patologik holatlar (spazm, paralich, akkomadatsion astenopiya);
  • akkomodatsiya hajmini aniqlash;
  • neytrallash usulida optik oynalarni nur sindirish kuchini aniqlash;
  • ko‘rishning optik korreksiyasi usullari va qoidalari;
  • refraksiyani aniqlash va olingan natijalarni tahlil qilish;
  • foroptor yordamida refraksiyani aniqlash va ko‘zoynak tanlash;
  • korreksiya qilish, davolash, profilaktika va reabilitatsiya;
  • ko‘zoynak uchun retsept yozish;
  • orbita absessi va flegmonasi, orbital venalar tromboflebiti, xavfli ekzoftalm diagnostikasi, davolash va profilaktikasi;
  • ko‘zyosh yo‘llarini tekshirish;
  • ko‘zyosh yo‘llarini yuvish;
  • ko‘z yosh bezini tekshirish;
  • qovoqqa dori vositalarini qo‘llash;
  • qovoqlar massaji;
  • demodekozga tekshirish;
  • kon’yunktival bo‘shliqdan ekma va surtma olish;
  • kon’yunktivitlar diagnostikasi, davolash va profilaktikasi;
  • kon’yunktival bo‘shliqqa ishlov berish va yuvish;
  • ko‘z optik apparati kasalliklarining diagnostikasi, davolash va profilaktika;
  • qon tomir trakti old qismi kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktikasi;
  • qon tomir trakti old qismi kasalliklarini spetsifik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash va tahlil qilish;
  • flyuoressent angiografiya texnikasi;
  • flyuoressent angiografiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • reooftalmografiya texnikasi;
  • reooftalmografiya ma’lumotlari tahlili;
  • dopplerografiya texnikasi;
  • dopplerografiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • elektroretinografiya texnikasi;
  • elektroretinografiya ma’lumotlarini tahlil qilish;
  • ko‘rish a’zosi shikastlanishlar va kuyishlari diagnostikasi, davolash, birinchi yordam ko‘rsatish , profilaktika , dispanserizatsiya va
  • reabilitatsiyasi;
  • ko‘rish a’zosi shikastlanishi va kuyishlarida tibbiy hujjatlarni to‘ldirish;
  • glaukoma diagnostikasi, davolash, birinchi yordam ko‘rsatish, profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiyasi;
  • ko‘ruv a’zosining o‘tkir qon tomir patologiyalarida tez yordam ko‘rsatish;
  • umumiy kasalliklarda ko‘rish a’zosi patologiyasi diagnostikasi, davolash, profilaktika, dispanserizatsiya vareabilitatsiyasi;
  • ko‘rish a’zosi o‘smalari diagnostikasi, davolash, profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiyasi;
  • to‘r parda va ko‘ruv trakti kasalliklari diagnostikasi, davolash, profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiyasi;
  • binokulyar ko‘rish va uning buzilishlari diagnostikasi, davolash, profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiyasi;
  • binokulyar ko‘rish va uning buzilishlarini xirurgik davolash;
  • ko‘rish a’zosi kasalliklarida lazer va ultratovush yordamida davolash, reabilitatsiya;
  • ko‘ruv a’zosi turli kasalliklarida dispanserizatsiya metodikasi bilan tanishish;
  • tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri olib borish;
  • qidiruv va sud organlari uchun kerakli ashyoviy dalillar va boshqa manbalarni o‘rganish, tirik shaxslar va murdalarga guvohlik berish;
  • mehnat va harbiy ekspertiza;
  • ko‘ruv a’zosi kasalliklarida fizioterapevtik muolajalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

     

    Magistr ixtisosligiga qo‘yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachilarining talablari va ushbu mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.

    Oftalmoxirurgiya bo‘yicha talaba–magistrant:

    oftalmoxirurgiya predmeti va masalalari, asosiy prinsiplari, bo‘limlari, oftalmoxirurgga qo‘yiladigan talablar;
    oftalmoxirurgiya tarixi, fan va amaliyotning zamonaviy holati, kelajak yo‘nalishlari;
    shox parda transplantatsiyasi;
    keratokonus: klinikasi va xirurgik davolash;
    refraksiya anomaliyalarining xirurgik korreksiya usullari;
    kataraktani xirurgik davolash prinsiplari (ekstra-, intrakapsulyar katarakta ekstraksiyasi, fakoemulsifikatsiya);
    shishib boruvchi kataraktani xirurgik davolash;
    shishasimon tana kasalliklarini xirurgik davolash usullari;
    glaukomani lazer bilan davolash;
    to‘r parda ko‘chishi: diagnostikasi va zamonaviy jarrohlik usullari bilan davolash;
    qovoqning xavfli o‘smalari, qovoq terisi raki, melanoma, fibrosarkoma, angiosarkomani xirurgik va kompleks davolash;
    kon’yunktiva va shox pardaning xavfli o‘smalarini xirurgik va kompleks davolash;
    ko‘z yosh bezi, ko‘z yosh xaltasining xavfli va xavfsiz o‘smalarini kompleks davolash prinsiplari;
    xavfli o‘smalar: glioma, retinoblastoma, klinikasi, diagnostikasi, xirurgik va kompleks davolash usullari;
    orbitaning xavfli o‘smalari: sarkoma, rak klinikasi, diagnostikasi, xirurgik davolash va kompleks davolash usullari;
    ko‘ruv nervi o‘smalari (birlamchi va ikkilamchi), xirurgik va kompleks davolash;
    turli xil lazerlarning oftalmoxirurgiyada ishlatilishi (diodli, YAG – lazerlar, argonli va x.k.);
    zamonaviy oftalmologiyada lazerxirurgiyasining o‘rni;
    gipertoniya kasalligida, aterosklerozda to‘r parda va ko‘ruv nervi o‘zgarishlarida, endokrin kasalliklarida, qandli diabetda oftalmologik simptomlar – kataraktalar, glaukoma, diabetik retinopatiyalarda lazerkoagulyatsiya, xirurgik davolash haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
    ko‘z olmasi va yordamchi apparati jarohatlari klassifikatsiyasi, klinikasi va diagnostikasi;
    orbita absessi va flegmonasi, orbital venalar tromboflebiti, xavfli ekzoftalmni xirurgik davolash turlari;
    kattalar, chaqaloqlar dakriotsistiti: etiologiyasi, klinikasi va xirurgik davolash;
    orbita flegmonasi: patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va xirurgik davolash;
    birlamchi va ikkilamchi glaukomani zamonaviy jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari;
    iridektomiya;
    sinusektomiya;
    trabekuloektomiya;
    sinustrabekuloiridektomiya;
    chuqur sklerektomiya;
    lazer transskleral siklofotokoagulyatsiyasi;
    kipriksimon tana kriodestruksiyasi;
    kipriksimon tana diatermokoagulyatsiyasi;
    vazorekonstruktiv operatsiyalar;
    ekstrakapsulyar katarakta ekstraksiyasi intraokulyar linza implantatsiyasi bilan;
    katarakta fakoemulsifikatsiyasi;
    miopiyani lazer usuli bilan davolash;
    fotorefraksion keratektomiya;
    LASIK;
    LASEK;
    vitreoretinal operatsiyalar;
    hamkor g‘ilaylik bilan bemorni operativ davolash prinsiplari;
    paralitik g‘ilaylikni xirurgik davolash prinsiplari;
    ichkariga qaragan g‘ilaylikni xirurgik davolash;
    tashqariga qaragan g‘ilaylikni xirurgik davolash;
    to‘r parda lazerkoagulyatsiyasi;
    ikkilamchi kataraktani lazer dissiziyasi;
    ko‘z olmasi teshib o‘tuvchi jarohatlari, klinikasi, diagnostikasi, birinchi yordam, xirurgik davolash;
    ko‘z olmasi shikastlarida rekonstruktiv xirurgik davolash;
    ko‘zni teshib o‘tgan jarohatlar profilaktikasi va davolash (iridotsiklit, endoftalmit, panoftalmit, simpatik yallig‘lanish);
    ko‘z olmasi to‘mtoq jarohatlari: klinikasi, diagnostikasi va xirurgik davolash prinsiplari;
    qovoqning xavfsiz o‘smalari: papilloma, qarilik so‘gali, teri shoxi, qovoq fibromasi, lipoma, gemangiomani xirurgik davolash prinsiplari;
    ekzenteratsiya;
    kon’yunktivaning xavfsiz o‘smalari: papiloma, nevus, melanomani xirurgik davolashni bilishi va foydalana olishi;
    operatsiyadan oldingi akineziya;
    retrobulbar, parabulbar va kon’yunktivaosti in’eksiyalari;
    bemorlarni operatsiyaga tayyorlash;
    bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda olib borish;
    ko‘ruv a’zosi teshib o‘tmagan jarohatlariga birlamchi xirurgik ishlov berish;
    qovoq teshib o‘tmagan jarohatlarida birlamchi xirurgik ishlov berish;
    ko‘ruv a’zosi teshib o‘tgan jarohatlarida birlamchi xirurgik ishlov berish;
    ko‘ruv a’zosi yot jismli teshib o‘tgan jarohatlarida birlamchi xirurgik ishlov berish;
    kon’yunktiva yot jismlarini olib tashlash;
    kipriklar epilyatsiyasi;
    shox parda yot jismlarini olib tashlash;
    paratsentez;
    pterigium: klinikasi, diagnostikasi va xirurgik davolash.
    ko‘z ichi yot jismlari lokalizatsiyasi: umumiy R-gramma, Komberg-Baltin bo‘yicha;
    o‘sib boruvchi miopiyali bemorlarda skleroplastik operatsiyalar;
    xalazion va qovoq absessi klinikasi, diagnostikasi va xirurgik davolash prinsiplari;
    qovoq aylana mushagi spazmi, lagoftalm, ptoz, spastik qovoq buralishi etiologiyasi, klinikasi va xirurgik davolash;
    ko‘z yosh qopi flegmonasi: etiologiyasi, klinikasi va xirurgik davolash;
    ko‘z yosh nuqtalari, ko‘z yosh kanalchalari patologiyasi: klinikasi, diagnostikasi va xirurgik davolash;
    ko‘z yoshi kanalini zondlash va bujlash;
    pastki ko‘z yosh nuqtasini diatermokoagulyatsiya yordamida bloklash;
    pastki ko‘z yosh nuqtasini uchburchakli kengaytirish;
    trixiazda kipriklar diatermokoagulyatsiyasi;
    xalazionektomiya;
    qovoqdagi kichik pappiloma va kistalarni olib tashlash;
    enukleatsiya;
    evisseratsiya;
    mahalliy va o‘tkazuvchi anesteziya, novokainli blokada usullari;
    umumiy og‘riqsizlantirish masalalari va uning asoratlari bilan kurashish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.