Oftalmologiya kafedrasi ilmiy mavzusi

“Oftalmologiya amaliyotiga yangi dori shakllarini ishlab chiqish va joriy etish orqali ko‘z kasalliklarining ayrim turlarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish”
Kafedrada 3 professor , 4 dotsent ilmiy faoliyat olib bormoqda, 5 tibbiyot fanlar doktori, 7 – Phd darajasiga ega bo’lgan o’qituvchi dars beryapti.
2022-yilda kafedrada falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 4 ta dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi:
Bektemirova Norbuvi To‘xtayevna “Oftalmik jarrohlikda geriatrik bemorlarda og’riksislantirish xususiyatlari” mavzusida
Oripov Okilxon Ilyos ko‘mirlari “COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi: oftalmologik belgilarning xususiyiyatlari, davolash va profilaktikasi” mavzusida
Matkarimov Akmal Karimovich “Janubiy Orolbo‘yi hududida ba’zi ko‘z kasalliklarining klinik kechishi va davolashning mintaqaviy xususiyatlari” mavzusida.
Oralov Bexruz Abdukarimovich “Ko‘z kuyishini kompleks davolash samaradorligini klinik-laboratoriya baholash” mavzusida.

Oftalmologiya kafedrasi hodimlari dots.nt Zakirxodjayev R.A. va assistent Mirkomilov E.M. 8.10-19.10.2018y. Rossiya Federatsiyasi Sank-Peterburg shahrida joylashgan akad. S.N. Fedorov nomidagi “MNTK Ko‘z mikroxirurgiyasi” markazida “Katarakta fakoemulsifikatsiyasi” bo‘yicha “Wetlab” kursida malaka oshirib qaytishdi. Malaka oshirish davomida hodimlar katarakta kasalligini zamonaviy davolash usuli to‘liq o‘zlashtirishdi. Kurs davomida fakoemulsifikatsiya asoslari, bajarish texnikasi va asoratli holatlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglashdi. Bundan tashqari zamonaviy texnikalarda operatsiyalarni o‘tkazish orqali malakasini oshirishdi.

 

 

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedraning tashkil topgan dastlabki kunlaridan boshlab oftalmologiya fani bo‘yicha dolzarb muammolarni yechish uchun faoliyat olib borilmoqda. Buning natijasida ko‘p uchraydigan ko‘z kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolash yo‘lida olib borilgan ilmiy izlanishlar zamon talablariga javob beruvchi yangi tashxislash, davolash va profilaktika usullari ishlab chiqildi. Bu muammolarni ilmiy bartaraf etish jarayonida bir qator ilmiy  izlanishlar olib borildi va ular natijasida nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Kafedrada «Kompleksnie issledovaniya effektivnosti razrabotannix metodov lecheniya nekotorix vidov oftalmopatologiy s vnedreniyem novix lekarstvennix form v oftalmologicheskuyu praktiku» mavzusida ilmiy faoliyat olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy saloxiyati: 3 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar; 8 ta tibbiyot fanlari nomzodi,  4 ta  dots.nt faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi 10 yil davomida  kafedra  xodimlari tomonidan  93 ta ilmiy maqola (shulardan 43 tasi maxalliy va 47 tasi xorijiy jurnallarda, ulardan 3 tasi uzoq xorij jurnallarida), 300 ta tezislar (shulardan 156 tasi maxalliy, 110 tasi xorijiy  konferensiyalar to‘plamlarida, ulardan 34 tasi uzoq xorijda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida),  20  ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar  chop etildi.

.