
Kafedra dotsenti:
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Tuychibayeva Dilobar Miratalievna
Ma’lumoti: Oliy ma’lumotli, 1998-yilda Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1998-2000 yy.- Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti “Ko’z kasalliklari” kafedrasi klinik ordinatori;
2003-2005 yy.- Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutida “Ko’z kasalliklari” kafedrasida assistenti;
2005-2014 yy.- Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Ko’z kasalliklari” kafedrasi assistenti;
2015-2018 yy.- Toshkent davlat stomatologiya instituti “Jarrohlik fanlari” kafedrasi dotsenti, o’quv-uslubiy bo’limda yarim kunlik metodist;
2018-2022 yy.- Toshkent davlat stomatologiya instituti “Oftalmologiya ginekologiya kursi bilan” kafedrasi dotsenti;
2020-.2022 yy.- Toshkent davlat stomatologiya institutida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va o’qituvchilar malakasini oshirish bo’lim mudiri.
2022-2025 yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti “Oftalmologiya” kafedrasi dotsenti;
2025 y. hozirgacha Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti “Oftalmologiya” kafedrasi dotsenti.
Dissertatsiya:
2005-y. «Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og’rigan bemorlarni kompleks davolashda mintaqaviy terapiya samaradorligini klinik va patogenetik asoslash».
2022-y.»Tibbiy yordamni tashkil etish tizimini takomillashtirish va birlamchi glaukomaning oldini olish».
Amaliy ishning asosiy yo’nalishlari:
- Glaukoma;
- Ko’zning old va orqa segmentlarini lazer jarrohligi;
- Terapevtik oftalmologiya.
Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari:
- Glaukoma diagnostikasi va davolashni takomillashtirish;
- Keratokonus diagnostikasi va davolash;
- Markaziy asab tizimi kasalliklarini diagnostikasi va davolash.
Unvon va mukofotlari:
- 2017-yilda u dotsent unvonini oldi.
