Oftalmologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Fazilat Arifovna Baxritdinova
F.A. Baxritdinova 1953 yil 22 avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1976 yil Toshkent davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini tugatgan.
1976–1986 yillar Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.
1986–1989 yillar aspiranturaga oʻqigan.
1989–1992 yillar Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.
1992–1995 yillar Gelmgolts nomidagi Moskva ko‘z kasalliklari ilmiy tekshirish institutida doktoranturaga tahsil olgan.
1995–1997 yillar Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi dotsenti.
1997–2005 yillar Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri.
2005–2014 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
Hozirgi vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.
F.A. Baxritdinova – MDH davlatlari oftalmologlar assotsiatsiyasi, turkiyzabon mamlakatlar oftalmologlari jamiyatining amaldagi a’zosi, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.28.12.2017.Tib.59.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi va shu Ilmiy Kengash huzuridagi 14.00.08 – oftalmologiya bo‘yicha Ilmiy Seminar a’zosi, markaziy uslubiy komissiyaning jarrohlik seksiyasi raisi, OʻzR SSV qoshidagi oftalmologiya bo‘yicha monotematik komissiyaning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Farmakologiya Qo‘mitasi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi bioetika bo‘yicha milliy komita prezidiumi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
F.A. Baxritdinova tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy tavsiyalar chop etilgan, shu jumladan bir qancha ixtirolarning mualliflik guvohnomalariga ega. Uning rahbarligi ostida 26 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 6 ta tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan.
