Oftalmologiya kafedrasi professori,
tibbiyot fanlari doktori
Muyassar Xamitovna Karimova
Karimova Muyassar Xamitovna 1965 yil 22 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
– 1988 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatgan. 1988–1995 yillar klinik ordinaturada tahsil olgan.
– 1998 yilda «YuIK bilan hastalangаn bemorlarda ko‘ruv a’zolari mikrotsirkulyatsiyasiga glirofamning ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,
– 2004 yilda «Organizmning individual xususiyatlarining ba’zi ko‘z yallig‘lanish kasalliklarini kechishiga ta’sirining klinik-patogenetik aspektlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
– 2005 yil mart oyidan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi direktorining ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ва Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
85 ta ilmiy nashrlar, 6 ta metodik qo‘llanmalar chop etgan. Ilmiy izlanishlar natijalari oftalmologik bo‘limlarda hamda bakalavr va magistrlarga oftalmologiya kursini o‘qitish uchun o‘quv qo‘llanma sifatida kiritilgan.
«Ko‘z kasalliklari» ixtisosligi bo‘yicha 2 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlagan, 3 nafar ilmiy izlanuvchiga ilmiy maslahatchi hisoblanadi.
