Kafedra mudiri:

Tibbiyot fanlari doktori, professor Bilalov Erkin Nazimovich

Maʼlumoti: Oliy. 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «Davolash  ishi» yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1979–1981 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklar bo‘limida o’rta tibbiy xodim

1981–1982 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklar bo‘limida intern

1982–1984 yy. — Toshkent viloyati Ohangaron tumani markaziy shifoxonasida oftalmolog shifokor

1984–1986 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklar bo‘limida ordinator shifokor

1986–1990 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi assistenti

1990–2001 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti qayta tashkil etilgandan keyin ko‘z kasalliklari kafedrasi assistenti

2001–2005 yy. — Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi dotsenti

2005–2011 yy. — Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi dotsenti

2011–2014 yy. — Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi professori

2014 y. — hozirgacha — Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri

Dissertatsiyalari:

1998 y. — «Pterigiumni jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi usulini ishlab chiqish va uning patogenetik asoslanishi»

2005 y. — «Pterigium rivojlanishining klinik-patogenetik jihatlari va uni davolash algoritmlarini ishlab chiqish»

Amaliy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:

  • Glaukoma
  • Katarakta
  • Pterigium
  • Terapevtik oftalmologiya

Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Terminal glaukomani davolashni takomillashtirish
  • Retsidiv beruvchi pterigiumni davolashning yangi usullarini ishlab chiqish

Unvon va mukofotlari:

2002 y. — Dotsent unvoni berilgan

2011 y. — Professor unvoni berilgan