Kafedra dotsenti:

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Tuychibayeva Dilobar Miratalievna

Ma’lumoti: Oliy ma’lumotli, 1998-yilda Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

 

Mehnat faoliyati:

1998-2000 yy.- Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti “Ko’z kasalliklari” kafedrasi klinik ordinatori;

2003-2005 yy.- Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutida “Ko’z kasalliklari” kafedrasida assistenti;

2005-2014 yy.- Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Ko’z kasalliklari” kafedrasi assistenti;

2015-2018 yy.- Toshkent davlat stomatologiya instituti “Jarrohlik fanlari” kafedrasi dotsenti, o’quv-uslubiy bo’limda yarim kunlik metodist;

2018-2022 yy.- Toshkent davlat stomatologiya instituti “Oftalmologiya ginekologiya kursi bilan” kafedrasi dotsenti;

2020-.2022 yy.- Toshkent davlat stomatologiya institutida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va o’qituvchilar malakasini oshirish bo’lim mudiri.

2022-2025 yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti “Oftalmologiya” kafedrasi dotsenti;

2025 y. hozirgacha Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti “Oftalmologiya”  kafedrasi dotsenti.

Dissertatsiya:

2005-y. «Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og’rigan bemorlarni kompleks davolashda mintaqaviy terapiya samaradorligini klinik va patogenetik asoslash».

2022-y.»Tibbiy yordamni tashkil etish tizimini takomillashtirish va birlamchi glaukomaning oldini olish».

Amaliy ishning asosiy yo’nalishlari:

  • Glaukoma;
  • Ko’zning old va orqa segmentlarini lazer jarrohligi;
  • Terapevtik oftalmologiya.

Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Glaukoma diagnostikasi va davolashni takomillashtirish;
  • Keratokonus diagnostikasi va davolash;
  • Markaziy asab tizimi kasalliklarini diagnostikasi va davolash.

Unvon va mukofotlari:

  • 2017-yilda u dotsent unvonini oldi.