19-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Oftalmologiya kafedrasi assistenti Egamberdieva Mashura Egamberdievna tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusi: “Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda kombinatsiyalangan oftalmogipotenziv preparatlarning klinik samaradorligini qiyosiy baholash” bo‘lib, unda glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda zamonaviy kombinatsiyalangan dori vositalarining samaradorligi va klinik ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan.

Ilmiy tadqiqotga Narziqulova K.I., Toshkent davlat tibbiyot universiteti Oftalmologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori, ilmiy rahbarlik qildi.

Mazkur ilmiy ish natijalari oftalmologiya amaliyotida davolash samaradorligini oshirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda klinik qarorlar qabul qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Dissertatsiya ilmiy kengash tomonidan munosib baholanib, muallifga PhD ilmiy darajasi berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.