“Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak” nomli hamkorlik tadbiri Toshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son davolash fakulteti Oftalmologiya kafedrasi Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida

2025-yil 12-noyabr kuni Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida TDTU Oftalmologiya kafedrasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab texnikum direktori Abilov J.U. hamkorlikning ahamiyati, yoshlar ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng, TDTU Oftalmologiya kafedrasi professori Narzikulova K.I. kafedraning faoliyati, maqsadi hamda texnikumlar bilan olib borilayotgan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Katta o‘qituvchi Mirkomilov E.M. “Toshkent davlat tibbiyot universiteti: Kecha, bugun va ertaga” mavzusida taqdimot o‘tkazib, universitetdagi ta’lim jarayoni, imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar bilan talabalarni tanishtirdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar, malaka oshirish ishlari, ekskursiyalar va boshqa qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli muloqot va faol ishtirok bilan yakunlandi.

“Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak” “Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak”

“Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak” “Sog‘lom ko‘zlar – tiniq kelajak”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.