
Tibbiyot fanlari sohasida muhim ilmiy voqea yuz berdi. Mirkomilov Eldor Mirqodir o‘g‘li “Nospetsifik aortoarteriitning oftalmologik ko‘rinishlarini diagnostikasini takomillashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur ilmiy tadqiqot nospetsifik aortoarteriit (Takayasu kasalligi) bilan kasallangan bemorlarda uchraydigan oftalmologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, diagnostika usullarini takomillashtirish hamda ko‘rish a’zosi bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga qaratilgan. Ish doirasida zamonaviy klinik va instrumental tekshiruvlar asosida diagnostik yondashuvlar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalari oftalmologiya, revmatologiya va umumiy tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolash imkonini beradi. Dissertatsiya ilmiy kengash tomonidan yuqori baholanib, muallifga PhD ilmiy darajasi berildi.
Mirkomilov Eldor Mirqodir o‘g‘lini ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
